Farg‘onada bir yoshli farzandini 1,5 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan 24 yoshli ayol qo‘lga olindi

Farg‘onada bir yoshli farzandini 1,5 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan 24 yoshli ayol qo‘lga olindi
Foto: Tergov departamenti
Farg‘onada o‘zining bir yoshli farzandini 1,5 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan 24 yoshli G.S. ismli ayol qo‘lga olindi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayol kelishilgan pulning 500 dollarni olayotganida IIO va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan ushlangan. Kimyoviy ishlov berilgan pullar G.S.dan ashyoviy dalillar sifatida olingan.
Farg‘onada bir yoshli farzandini 1,5 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan 24 yoshli ayol qo‘lga olindi
Foto: Tergov departamenti
Farg‘ona IIO FMB Tergov bo‘limi mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-modda 3-qismi «a» bandi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan. Tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.