COVID-19 markazida ishlash uchun pul talab qilganlar qo‘lga tushdi

COVID-19 markazida ishlash uchun pul talab qilganlar qo‘lga tushdi
Joriy yilning 27 avgust kuni huquqni muhofaza qilish organiga Jizzax shahrining «Zargarlik» mahallasida yashovchi N.H. murojaat qilib, Jizzax politexnika instituti yotoqxonasida tashkil etilgan «COVID-19» saralash va taqsimlash markaziga ishga kirishi uchun pora talab qilishayotganligini bildirgan. Bu haqda Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati xabar bergan.

E’tiborlisi, ishga joylashni Jizzax shahri Toshloq mahallasida yashovchi uy bekasi D.H., Jizzax shahri «Ittifoq» mahallasida yashovchi, dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi xorijiy korxona vakili N.U., asli forishlik Baxmal tumani tibbiyot birlashmasi hamshirasi Sh.T.lar va’da qilishgan.

Mazkur murojaat asosida «COVID-19» saralash va taqsimlash markazida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida arizachi N.H. hamda uning 3 nafar tanishidan 1000 AQSH dollarini olayotgan jinoiy sheriklar ushlandi.

Holat yuzasidan tegishli tartibda ish qo‘zg‘atilgan. Dugonalar firibgarlik va pora olishda ayblanmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.