Andijonda ota salkam 10,5 mln. so‘m alimentni oldindan to‘ladi

Andijonda ota salkam 10,5 mln. so‘m alimentni oldindan to‘ladi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudining 2011 yil 14 noyabrdagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor A.V.dan undiruvchi Z.I. foydasiga ikki nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun har oy topgan daromadining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish ko‘rsatilgan.

Majburiy ijro byurosi Andijon shahar bo‘limi xodimlari olib borgan ijro harakatlari hamda tushuntirish ishlari natijasida qarzdor A.V. muntazam ravishda aliment to‘lovlarini to‘lab kelgan. Hozirda farzandlaridan biri voyaga yetgani sababli, boshqa bir farzandi voyaga yetguniga qadar hisoblangan 10 mln. 450 ming so‘m aliment pullarini 6 noyabr kuni oldindan to‘lab berdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.