Andijon viloyatida «reketchilik» avjiga chiqmoqda (mi)?

Andijon viloyatida «reketchilik» avjiga chiqmoqda (mi)?
«Zed News» yangiliklar kanalining yozishicha, Andijon viloyatida «reketchilik» avjiga chiqmoqda. Kuni kecha tush payti Sh. ismli shaxs pnevmatik to‘pponcha va pichoqlar bilan B. ismli fuqaroga hujum qilgan. Mashinasiga o‘q uzib (suratda), o‘zini do‘pposlagan.

«Aytishlaricha, jabrlanuvchi Sh.ning aytganini qilmagan, shartlarini bajarmagan. Norasmiy xabarlarga ko‘ra, Sh. H.E.ning jiyani. H.E. yaqindagina bir «melisa»ni do‘pposlagandi. Haligacha qanday jazo berilgani noma’lum» - deyiladi xabarda.
Andijon viloyatida «reketchilik» avjiga chiqmoqda (mi)?

Muallif ikki-uch kundan beri tarmoqda audiolari «aylanayotgan» Shuhrat Abdurahmonov jurnalist yo xotinlarni emas, shunday zo‘ravonlarni ham 15 sutkaga «tiqib qo‘ysa» bo‘larmidi?» degan savolni o‘rtaga qo‘ygan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.