IIV ota-onalarni ogohlantiradi

IIV ota-onalarni ogohlantiradi
Oxirgi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarning Tik Tok platformasida – fuqarolarimizni ayniqsa yoshlarimizni o‘zlariga e’tibor jalb qilish maqsadida, turli masxaranomuz, odob-ahloq qoidalariga zid harakatlari tasvirlangan videolarini ko‘plab kuzatyapmiz.

Hurmatli ota-onalar, farzandlaringizni tarbiyasiz va odobsiz qiliqlariga ko‘z yumsangiz, biz bunday axloqsizlika yo‘l qo‘ymaymiz.

Esingizda bo‘lsin, farzandingizga ham buni uqtiring, fuqarolarning osoyishtaligini hamda jamiyatda yurish turish qoidalarini buzish – mayda bezorilik hisoblanadi va 15 sutkagacha qamoq bilan jazolanadi.

Ogohlantiramiz! Farzandlaringizni nazorat qiling, yoshligidan taltaytirib, keyin afsuslanib yurmang.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.