«Qamchiq» dovonida «Mercedes-Benz» yonib ketdi (foto)

«Qamchiq» dovonida «Mercedes-Benz» yonib ketdi (foto)
Bugun, 16 yanvar kuni soat 15:50larda, Namangan viloyati, Pop tumani hududidan o‘tgan A 373 «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining 252-kilometrida, haydovchi, 1985 yilda tug‘ilgan S.S. boshqaruvidagi «Mercedes-Benz» rusumli yuk avtomobilining dvigatel qismida qisqa tutashuv oqibatida yong‘in yuzaga kelgan.
«Qamchiq» dovonida «Mercedes-Benz» yonib ketdi (foto)
IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.
«Qamchiq» dovonida «Mercedes-Benz» yonib ketdi (foto)
Mazkur hodisa yuzasidan Pop tumani IIB YHXB va FVB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, yong‘in sodir bo‘lish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.