Tamaki mahsulotlarining noqonuniy olib kirilishi fosh qilindi

Tamaki mahsulotlarining noqonuniy olib kirilishi fosh qilindi
Bojxona xodimlari aksiz markasi bilan markalanmagan mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tizimli ravishda kurash olib borishmoqda.

Xususan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Yallama” chegara bojxona postiga kirib kelgan fuqaro N.K. boshqaruvidagi “Volvo” rusumli avtotransport vositasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, avtotransport vositasi yukxonasining tag qismida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan, umumiy qiymati
15 million so‘mlik jami 500 quti tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.