DXX Surxondaryoda noqonuniy yer sotish holatiga chek qo‘ydi

Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani qurilish bo‘limi boshlig‘i “Yoshlar - kelajagimiz” davlat dasturi doirasida “Qorayontoq” mahallasi hududidan 4,5 sotix yer maydonini o‘z jiyani nomiga “Yoshlar mehnat guzari” qurilishi uchun auksion savdolari o‘tkazmasdan ajratilishiga erishadi.
Afsuski, mazkur yer maydoniga “Yoshlar mehnat guzari” qurmasdan, aksincha, uni boshqa bir fuqaroga 180 mln. so‘mga sotishga kelishib, ushbu pullarni qarindoshlari orqali olayotgan vaqtida DXX Surxondaryo viloyati boshqarmasi va Departamentning hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Afsuski, mazkur yer maydoniga “Yoshlar mehnat guzari” qurmasdan, aksincha, uni boshqa bir fuqaroga 180 mln. so‘mga sotishga kelishib, ushbu pullarni qarindoshlari orqali olayotgan vaqtida DXX Surxondaryo viloyati boshqarmasi va Departamentning hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
— Shukhrat (@bankir2102) February 12, 2021
Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
DXX matbuot xizmati
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













