Termizda harbiy qismga ishga kiritish uchun 3 ming dollar so‘ragan shaxs qo‘lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashish departamentining ma’lum qilishicha, termizlik erkak 2 kishini harbiy qismga ishga joylashtirib qo‘yishiga ishontirgan. U o‘zini viloyatdagi harbiy qismlarning birida yuqori lavozimda ishlovchi xodim sifatida tanishtirgan va «xizmati» evaziga 3 000 dollar so‘ragan.
Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda gumonlanuvchi kelishilgan pulning 400 dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
«Mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik), 211-moddasi (Pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda», deyiladi departament xabarida.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda gumonlanuvchi kelishilgan pulning 400 dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
«Mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik), 211-moddasi (Pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda», deyiladi departament xabarida.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













