Jizzaxda maxsus harbiy avtomobil, Nexia-2 va Damas ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Jizzaxda maxsus harbiy avtomobil, Nexia-2 va Damas ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Foto: «Daryo»
Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida maxsus harbiy avtomobil va fuqarolar boshqaruvidagi mashinalar ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu voqea 2021 yil 24 mart kuni sodir bo‘lgan.

YTH maxsus harbiy avtomobil ortidan kelib urilgan Damas va Nexia-2 ishtirokida sodir etilgan bo‘lib, oqibatda ikki nafar harbiy xizmatchi hamda haydovchilar tan jarohati olgan.
Jizzaxda maxsus harbiy avtomobil, Nexia-2 va Damas ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Foto: «Daryo»
«Daryo» muxbiri bilan suhbatlashgan voqea guvohining ma’lumot berishicha, YTH oqibatida ikki nafar harbiy xizmatchining qovurg‘asi singan, ikki nafar haydovchiga esa og‘ir tan jarohati yetgan.
Jizzaxda maxsus harbiy avtomobil, Nexia-2 va Damas ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Foto: «Daryo»
Bundan avval Andijon shahrida 4 ta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgani, Farg‘onada «benzovoz» va Cobalt ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgani, Qarshida yo‘lni kesib o‘tayotgan bolalar Lacetti ostida qolgani hamda Chiroqchida Nexia haydovchisi yo‘lning o‘rtasida yotgan mast erkakni bosib ketgani haqida xabar berilgandi.
Jizzaxda maxsus harbiy avtomobil, Nexia-2 va Damas ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Foto: «Daryo»
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.