Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi bosh mutaxassisi ushlandi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi bosh mutaxassisi ushlandi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament
Yangiqo‘rg‘on tumani Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi bosh mutaxassisi firibgarlik ustida ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Namangan viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Yangiqo‘rg‘on tumani Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi bosh mutaxassisi F.D. fuqaro O.ning ishonchiga kirib, uning 18 sotix yer maydonini onasi va singlisi nomiga uy joy qurish uchun ajratib, tanishlari orqali hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 200 AQSH dollari va 3,1 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan F.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.