Namanganda ayol 4 yoshli farzandini o‘ziga bog‘lab tunda daryoga tashladi

Namanganda ayol 4 yoshli farzandini o‘ziga bog‘lab tunda daryoga tashladi
Joriy yilning 22 aprel kuni tungi soat 01.20 larda Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanidan oqib o‘tuvchi “Norin” daryosi ustida joylashgan ko‘prik qirg‘og‘iga tushgan notanish ayol farzandi bilan birgalikda suvga tashlagan vaqtida, ushbu hududda xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya Qo‘riqlash boshqarmasi xodimi hamda voqea joyidan o‘tib ketayotgan yo‘lovchi fuqaro A.A. tomonidan qutqarilib, tuman tibbiyot birlashmasiga olib borilgan.

Olib borilgan dastlabki surishtiruvlar davomida ushbu ayol Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan fuqaro X.M. bo‘lib 2017 yilda tug‘ilgan farzandini o‘ziga bog‘lagan holda suvga tashlagani ma’lum bo‘lgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Uchqo‘rg‘on tuman IIB tomonidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.