O‘zbekiston Hindistonga insonparvarlik yordami jo‘natdi

O‘zbekiston Hindistonga insonparvarlik yordami jo‘natdi
Foto: «Dunyo» AA
Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga ko‘ra, joriy yilning 1 may kuni Dehli shahriga insonparvarlik ko‘magi yetkazildi.  Bu haqda «Dunyo» AA  xabar bermoqda.

Mobil kislorod konsentratorlari to‘plamlari, ehtiyoj yuqori bo‘lgan turli dori vositalaridan tarkib topgan insonparvarlik yuklari Dehli aeroportida mamlakatimizning Hindistondagi elchisi Dilshod Axatov tomonidan mazkur mamlakat Qizil Xoch jamiyati va Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakillariga topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, Hindiston 2020 yilda O‘zbekistonga COVID-19 bilan og‘rigan odamlarni davolash uchun ishlatiladigan tibbiy preparatlar, jumladan, gidroksiklorokin tabletkalari va boshqa dori-darmonlar yuborgan edi. 2021 yilning mart oyida O‘zbekiston COVAX tashabbusi doirasida Hindiston zardob instituti tomonidan ishlab chiqarilgan 660 ming doza vaksinani qabul qilib oldi.

So‘ngi vaqtlarda Hindistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat jiddiylashdi. O‘tgan sutkada 3689 kishi koronavirusdan vafot etdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.