Tojikiston hukumat delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi

Tojikiston hukumat delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi
Bugun, 14 may kuni, O‘zbekistonga Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda \"Dunyo\".

Tojikiston delegatsiyasi 15 may kuni O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 8-yig‘ilishida ishtirok etadi. Tashrif dasturidan Toshkent shahridagi qator sanoat ob’ektlari faoliyati bilan yaqindan tanishish ham o‘rin olgan.

O‘zbekiston bosh vaziri matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha qator hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.