Kadastr ob’yektiga taqiqni onlayn tekshirsa bo‘ladi

Kadastr ob’yektiga taqiqni onlayn tekshirsa bo‘ladi
My.gov.uzda kadastr ob’yektiga taqiqni tekshirish imkonini beruvchi xizmat ishga tushirilgan. Topgan-tutganini yig‘ib, o‘zaro ishonch shartnomasi asosida uy-joy sotib olish niyatingiz bor.

Erta-indin notarius idoralariga oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirish uchun murojaat qilinsa-yu, ob’yektga taqiq chiqib tursa yoki sotish huquqi mavjud emasligi aniqlansa, yana ovoragarchiliklar boshlanadi.

Bularning barchasi bo‘lmasligi ham mumkin. Shartnoma tuzishdan avval my.gov.uz orqali ko‘chmas mulkka nisbatan taqiq bor-yo‘qligini aniqlashtiring. Shuningdek, umumiy mulkka teng huquqli shaxslar bor-yo‘qligini ham tekshiring.

Va albatta oldi-sotdi shartnomasini notarius organlarida rasmiylashtiring va to‘lovlarni qonun doirasida amalga oshiring, deyiladi portal kanalida berilgan xabarda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.