Jizzaxda maktab psixologi soxta diplom bilan ishlayotgani aniqlandi

Jizzaxda maktab psixologi soxta diplom bilan ishlayotgani aniqlandi
Jizzax viloyati davlat moliyaviy nazorati boshqarmasi tomonidan G‘allaorol tumani 19-sonli umumta’lim maktabida maktab o‘qituvchilarining diplomlari o‘rganildi. Bu haqda viloyat IIB tomonidan ma’lum qilindi.

O‘rganish jarayonida maktab psixologi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan xodimning diplomi «2013 yilda Jizzax davlat pedagogika instituti tomonidan berildi», deya soxtalashtirilgani aniqlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.