Soxta rahbar fosh bo‘lib qoldi

Soxta rahbar fosh bo‘lib qoldi
Buxoro viloyati Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan O‘.B. o‘zini «Vobkent Binokor Invest» MCHJ rahbari deb tanishtirib, o‘zga bir fuqaro S.J.ning ishonchiga kirib uni aldagan.

Ushbu MCHJning ijrochi direktori lavozimiga tayinlash va qurilish ob’ektlarini tanlov asosida olib berishda amaliy yordam berish, buning uchun Buxoro shahar moliya bo‘limida ishlovchi tanishlariga 400 AQSH dollari berishi kerakligini bildirib, Buxoro shahar «B.Naqshband» ko‘chasida joylashgan «Korzinka» savdo majmuasi avtoturargohida undan kimyoviy ishlov berilgan 400 AQSH dollarini olayotgan vaqtda qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan O‘.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.