Toshkentda UzAuto Motors monopoliyasiga bag‘ishlangan strit-art paydo bo‘ldi (video)

Foto: Instagram / @inkuzart
Toshkentning Chilonzor tumanida @inkUZart taxallusi bilan ijod qilayotgan ko‘cha rassomi Abdurahmon Umarov tomonidan chizilgan yana bir strit-art paydo bo‘ldi. Bu safar ijodkor UzAuto Motors kompaniyasining monopoliyasiga e’tibor qaratgan.
E’lon qilingan kadrlarda O‘zbekistondagi avtosalonlarda mashina xarid qilish uchun yuzaga kelayotgan uzundan uzoq navbat tasvirlangan. Navbat boshida turgan insonning qizil bosh kiyimi «shapka» tizimiga ishora qiladi.
Ta’kidlanishicha, mazkur strit-art namunasi eski Amerika elchixonasi, Chilonzor savdo markazi yaqinida chizilgan.
Ta’kidlash kerakki, UzAutoSavdo ma’lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda Lacetti’ni xarid qilish uchun navbatda turganlar soni 31 mingga, Cobalt uchun 11 mingga yetgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Toshkentning Chilonzor tumanida @inkUZart taxallusi bilan ijod qilayotgan ko‘cha rassomi Abdurahmon Umarov tomonidan chizilgan yana bir strit-art paydo bo‘ldi. Bu safar ijodkor UzAuto Motors kompaniyasining monopoliyasiga e’tibor qaratgan.
E’lon qilingan kadrlarda O‘zbekistondagi avtosalonlarda mashina xarid qilish uchun yuzaga kelayotgan uzundan uzoq navbat tasvirlangan. Navbat boshida turgan insonning qizil bosh kiyimi «shapka» tizimiga ishora qiladi.
Ta’kidlanishicha, mazkur strit-art namunasi eski Amerika elchixonasi, Chilonzor savdo markazi yaqinida chizilgan.
Ta’kidlash kerakki, UzAutoSavdo ma’lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda Lacetti’ni xarid qilish uchun navbatda turganlar soni 31 mingga, Cobalt uchun 11 mingga yetgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













