Mudhish YTHda 2 nafar qiz vafot etdi

Mudhish YTHda 2 nafar qiz vafot etdi
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida 18 sentabr kuni «Lacetti» va «Nexia» ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Qashqadaryo viloyat YHXB ma’lumotiga ko‘ra, shu kuni soat 17:20 atrofida «Lacetti» o‘z yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan «Nexia»ning yo‘liga chiqib ketgan va mashinalar to‘qnashgan. YTH oqibatida «Nexia»da bo‘lgan 2 nafar yo‘lovchi qiz og‘ir tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Qayd etilishicha, tuman ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.