Avtoulovga yashirilgan patron fosh bo‘ldi

Avtoulovga yashirilgan patron fosh bo‘ldi
Ma’lumki jangovor o‘q-dorilarni respublikamiz hududiga noqonuniy olib kirish kontrabanda jinoyati hisoblanib, buning uchun jazo muqarrarligi belgilangan.

Biroq, bojxona chegaralari orqali kontrabanda predmetlari hisoblanuvchi jangovor o‘q-dorilarni fuqarolar tomonidan olib o‘tishga bo‘lgan urinishlar afsuski uchramoqda.

Jumladan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Yallama” chegara bojxona postiga qo‘shni mamlakatdan kirib kelgan, fuqaro A.Z. boshqaruvidagi “SCANIA” rusumli avtotransport vositasi o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, avtotransport vositasining orqa o‘rindig‘i tag qismiga 1 dona 12 kalibrli “LEXD MAX sport 24 70 mm.” yozuvli patron yashirilganligi aniqlandi. Hozirda ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.