Shavkat Mirziyoyev Nasafiy maqbarasini ziyorat qildi (Foto)

Shavkat Mirziyoyev Nasafiy maqbarasini ziyorat qildi (Foto)
Foto: Prezident matbuot xizmati
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev saylovchilar bilan uchrashish hamda davlat rahbari sifatida bunyodkorlik ishlari bilan tanishish maqsadida 11 oktabr kuni Qashqadaryo viloyatiga bordi.
Shavkat Mirziyoyev Nasafiy maqbarasini ziyorat qildi (Foto)
Qayd etilishicha, davlat rahbari avvalo Qarshi tumanidagi Abu Muin Nasafiy maqbarasini ziyorat qilgan. Qur’on tilovat etilgan.
Shavkat Mirziyoyev Nasafiy maqbarasini ziyorat qildi (Foto)
Bu ulug‘ mutafakkir XI asrda yashagan. Moturidiya ta’limotining davomchisi, aqida ilmining yetuk bilimdoni sifatida dinimiz sofligini saqlagan, adashganlarni ma’rifat bilan to‘g‘ri yo‘lga boshlagan. Lekin uzoq yillar uning merosi ham, qadamjosi ham e’tibordan chetda qolib ketgan edi.
Shavkat Mirziyoyev Nasafiy maqbarasini ziyorat qildi (Foto)
Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan alloma maqbarasi obod va ulkan ziyoratgohga aylantirildi. Davlatimiz rahbari ushbu bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.
Shavkat Mirziyoyev Nasafiy maqbarasini ziyorat qildi (Foto)
Bu yerda yangi masjid, muzey, kutubxona va ma’muriy binolar qurilgan. Daraxtlar, gullar ekilib, so‘lim bog‘ tashkil etilgan. Abu Muin Nasafiy kitoblarining nomi va o‘gitlari yozib qo‘yilgan. Ziyoratgohda XI asrga oid yodgorlik va quduq, XIII asrda qurilgan eski masjid ham saqlanib qolgan.
Shavkat Mirziyoyev Nasafiy maqbarasini ziyorat qildi (Foto)
Shavkat Mirziyoyev Nasafiy maqbarasini ziyorat qildi (Foto)
Prezidentimiz yangi masjid va muzeyni kirib ko‘rdi. Muzeyda Abu Muin Nasafiyning hayoti va asarlari multimedia vositalari orqali aks ettirilgan. Bu yerda qadimgi Samarqand qog‘oziga bitilgan Qur’oni karimning asl nusxasi, matoga to‘qib yozilgan muqaddas oyatlar ham saqlanmoqda.
Shavkat Mirziyoyev Nasafiy maqbarasini ziyorat qildi (Foto)
Shavkat Mirziyoyev Nasafiy maqbarasini ziyorat qildi (Foto)
Shavkat Mirziyoyev alloma asarlari bugungi kunda ham dolzarbligini, ularning mag‘zini xalqimizga, yoshlarga yetkazish kerakligini ta’kidladi. Shu maqsadda Qarshi davlat universiteti qoshida Abu Muin Nasafiy nomida ilmiy markaz tashkil etish taklifini bildirdi.
Shavkat Mirziyoyev Nasafiy maqbarasini ziyorat qildi (Foto)
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.