Buxoroda «Volga»ning gaz balloni portlashi oqibatida 2 kishi vafot etdi

Buxoroda «Volga»ning gaz balloni portlashi oqibatida 2 kishi vafot etdi
Kadr: Videodan skrinshot
Buxoro viloyatida «GAZ-24» (Volga) gaz balloni portladi, deya xabar bermoqda «Bu kun» informatsion dasturi.

Ma’lum qilinishicha, Buxoro—G‘uzor—Denov avtomobil yo‘lida harakatlanayotgan «GAZ-24» furgonida o‘rnatilgan ikki 50 litr hajmdagi siqilgan gaz ballonining biri portlagan. Portlashga gaz ballonidagi nosozlik sabab bo‘lgan.

Gaz balloni portlashi oqibatida avtomobilning haydovchisi va yo‘lovchisi voqea joyida halok bo‘lgan.
Hozirda voqea yuzasidan viloyat IIB tergov bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.