OAV: Saakashvili vertolyotda qamoqxonadan qayoqqadir olib ketildi

Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili qamoqxonadan noma’lum tomonga olib ketildi. Bu haqda siyosatchining onasi Giuli Alasaniyaga asoslanib «Gruziya Online» ma’lum qildi.
Jazoni o‘tash binosi ustida vertolyot paydo bo‘lgan. Bundan tashqari, ikkita zirhli texnika ham mavjud bo‘lganligi aytilmoqda. Sobiq prezidentning qarindoshlari va advokatlari qamoqxonaga kirishlari mumkin emas. Taxminlarga ko‘ra, qamoqda bir oydan ortiq ochlik e’lon qilgan Saakashvili harbiy gospitalga olib ketilgan.
Avvalroq, Saakashvilining shaxsiy shifokori Sog‘liqni saqlash vazirligi qarori bilan chaqirilgan tibbiy kengash sobiq prezidentni zudlik bilan ko‘p tarmoqli klinikaga yotqizish zarurligi haqida xulosa qilganini aytib o‘tgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Jazoni o‘tash binosi ustida vertolyot paydo bo‘lgan. Bundan tashqari, ikkita zirhli texnika ham mavjud bo‘lganligi aytilmoqda. Sobiq prezidentning qarindoshlari va advokatlari qamoqxonaga kirishlari mumkin emas. Taxminlarga ko‘ra, qamoqda bir oydan ortiq ochlik e’lon qilgan Saakashvili harbiy gospitalga olib ketilgan.
«Ikki soat kutdik, ammo javob berishmadi. Bir muncha vaqt oldin uni zirhli mashinada olib chiqishgan, keyin esa, aftidan, vertolyotga o‘tqazishgan. U qayoqqadir g‘oyib bo‘ldi... Gap shundaki, o‘g‘lim endi bu yerda yo‘q», — degan siyosatchining onasi «Report.ge»ga bergan intervyusida.
Avvalroq, Saakashvilining shaxsiy shifokori Sog‘liqni saqlash vazirligi qarori bilan chaqirilgan tibbiy kengash sobiq prezidentni zudlik bilan ko‘p tarmoqli klinikaga yotqizish zarurligi haqida xulosa qilganini aytib o‘tgandi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













