Shavkat Mirziyoyev Toshkentga qaytib keldi

Shavkat Mirziyoyev Toshkentga qaytib keldi
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga amalga oshirgan tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.
Shavkat Mirziyoyev Toshkentga qaytib keldi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Davlatimiz rahbari Turkiy Kengashning sakkizinchi sammitida ishtirok etdi, ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi.

Sammitda savdo, investitsiya, «yashil» iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar, transport, ta’lim va madaniyat sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. Uning natijalari bo‘yicha 10 dan ortiq hujjat imzolandi.
Shavkat Mirziyoyev Toshkentga qaytib keldi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Yangi nom olgan Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammitini kelgusi yil O‘zbekistonda o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.