O‘zbekistonning to‘rt hududida kuchli chang bo‘ronlari kutilmoqda

O‘zbekistonning to‘rt hududida kuchli chang bo‘ronlari kutilmoqda
Respublika Gidrometeorologiya xizmati O‘zbekistonning ayrim hududlarida chang bo‘ronlari va g‘ubor bo‘lishidan ogohlantirdi.

Aytilishicha, 21 dekabrida O‘zbekiston hududlarida kutilayotgan kuchli shamollar hamda Turkmaniston Respublikasi chegara hududlaridan changli bo‘ronlar kirib kelishi kutilayotganligi tufayli Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida va respublikaning cho‘l hududlarida chang bo‘ron va g‘uborlar kuzatilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 21-22 dekabrida O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlaridan nam va sovuq havo oqimlari kirib kelishi kutilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.