Shavkat Mirziyoyev Olmaliq shahriga tashrif buyurdi

Shavkat Mirziyoyev Olmaliq shahriga tashrif buyurdi
Bugun, 22 dekabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati Olmaliq shahriga tashrif buyurdi. Kun.uz xabariga ko‘ra, dastlab davlat rahbari katta salohiyatga ega “Yoshlik I” konida va misni boyitish fabrikasida bo‘ldi.

“Yoshlik I” koni geologiya sohasida nafaqat O‘zbekistonda, balki butun dunyoda eng istiqbolli loyihalardan biri hisoblanadi. Dastlab mis koni maqomida bo‘lgan kon tekshiruvlar natijasida oltin-mis koni deya nomlangan.
Shavkat Mirziyoyev Olmaliq shahriga tashrif buyurdi
Senator, NKMK rahbari Quvondiq Sanaqulovning ma’lum qilishicha, oltin narxining yuqoriligi, kondagi eng serdaromad qazilma shu element bo‘lganligi uchun ham xalqaro standartlarga muvofiq kon maqomi o‘zgargan.
Shavkat Mirziyoyev Olmaliq shahriga tashrif buyurdi
Mazkur konning I bosqichi 2021-2025 yillarda ishga tushirilib, unda 290 ming tonna mis katodi, 38 tonna oltin va 203 tonna kumush qazib olish mo‘ljallangan.
Shavkat Mirziyoyev Olmaliq shahriga tashrif buyurdi
Shavkat Mirziyoyev Olmaliq shahriga tashrif buyurdi
Shavkat Mirziyoyev Olmaliq shahriga tashrif buyurdi
II bosqichi esa 2024-2028 yillarda ishga tushirilib, 400 ming tonna mis katodi, 50 tonna oltin va 270 tonna kumush metallari ishlab chiqarishga erishilishi rejalashtirilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.