Andijonda darvozasi ochiq qolgan xonadonga o‘g‘irlikka tushgan yigitlar ushlandi

Andijonda darvozasi ochiq qolgan xonadonga o‘g‘irlikka tushgan yigitlar ushlandi
Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanida o‘zganing uyiga o‘g‘irlikka tushib, xonadon egasining pullarini o‘margan shaxslar ushlandi, deb xabar beradi Tergov departamenti.

Ma’lum qilinishicha,16 yanvar kuni soat 11:00 larda voyaga yetmaganlar — 16 yoshli Yu.X. va 15 yoshli N.A. tumanning Iftixor ko‘chasida yashovchi 25 yoshli M.F.ning yashash xonadoniga darvozasi ochiqligidan foydalanib, g‘ayriqonuniy ravishda kirgan.

Ular xonadon yotoqxonasidagi shkaf ichida bo‘lgan 2,5 ming dollar va 8,57 million so‘m pullarni yashirin ravishda o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashirinayotgan vaqtida ushbu manzilda xizmat olib borayotgan Qo‘rg‘ontepa tumani IIB HPB profilaktika inspektori tomonidan ushlangan. Yigitlardan ashyoviy dalil tariqasida pullar rasmiylashtirib olingan.
Andijonda darvozasi ochiq qolgan xonadonga o‘g‘irlikka tushgan yigitlar ushlandi
Foto: Tergov departamenti
Mazkur holat yuzasidan Qo‘rg‘ontepa tuman IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan voyaga yetmaganlar Yu.X. va N.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «b,v,g» bandlari (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.