Metro harakati to‘xtatildi

Metro harakati to‘xtatildi
Toshkent shahrining barcha hududlarida elektr energiyasi o‘chganligi sababli Toshkent metropolitenining barcha yo‘nalishlarida vaqtinchalik metro harakati to‘xtadi.

Nosozlik bartaf etilganidan so‘ng Toshkent metropoliten yo‘lovchilarga doimiy jadval asosida xizmat ko‘rsatishni davom ettiradi.

Avvalroq bugun, 25 yanvar kuni soat 11:00 da energotizimda yirik nosozlik yuzaga kelib respublikamizning ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar kuzatilayotgani xabar qilingandi.

Qayd etilishicha, ayni paytda mutaxassislar tomonidan nosozlikni tiklash ishlari olib borilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.