Shavkat Mirziyoyev Erdo‘g‘onga koronavirusga chalingani munosabati bilan maktub yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev Erdo‘g‘onga koronavirusga chalingani munosabati bilan maktub yo‘lladi
Shavkat Mirziyoyev 6 fevral kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga maktub yo‘lladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi xabar qildi.

Qayd etilishicha, «Siz, qadrdon inimning va rafiqangiz Emine Xonim Oliyalarining koronavirus kasalligiga chalinganingiz to‘g‘risidagi xabarni chuqur bezovtalik va katta xavotir bilan qabul qildim», — deyiladi maktubda.

Davlat rahbari Turkiya prezidenti va uning rafiqasi qisqa fursatda virusni muvaffaqiyatli yengib o‘tib, tezda shifo topishiga ishonch bildirgan. Unga mustahkam sog‘liq, kuch-quvvat va yangi zafarlar tilagan.

Eslatib o‘tamiz, 5 fevral kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning koronavirusga topshirgan testi musbat chiqdi. U Kiyevga safaridan so‘ng omikronga chalingan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.