Chorvoqdagi «Piramida» uch yil ichida birinchi marta daromad keltirdi

Toshkent viloyatidagi «Chorvoq oromgohi» («Piramida») dam olish maskani 2021 yilni daromad bilan tugalladi. Bu haqda kompaniyaning moliyaviy hisobotidan ma’lum bo‘ldi.
Dam olish maskani 2021 yili 35,4 mln so‘mlik daromad ko‘rdi. «Piramida» avvalgi ikki yilni zarar yoki kichik foyda bilan tamomlagan edi.
Dam olish maskani endi xususiylashtiriladi
Hukumat 2021 yildan beri «Piramida»ni sotishga urinmoqda. Oromgohni avvaliga sakkiz qismga bo‘lishgan bo‘lsa, keyinchalik butunligicha sotuvga chiqarishdi.
Uning yangi egasi mehmonxonani saqlab qolishi, daraxtlar va butalarning kesilishi bo‘yicha moratoriyga amal qilishi va IMPRO GmbH LTD oldidagi 573 568 yevro miqdoridagi qarzni yopishi kerak bo‘ladi.
«Piramida» bilan tanishib chiqish uchun ichkari va tashqari tomondan olingan panoramali suratlarni ko‘rish mumkin.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Dam olish maskani 2021 yili 35,4 mln so‘mlik daromad ko‘rdi. «Piramida» avvalgi ikki yilni zarar yoki kichik foyda bilan tamomlagan edi.
Dam olish maskani endi xususiylashtiriladi
Hukumat 2021 yildan beri «Piramida»ni sotishga urinmoqda. Oromgohni avvaliga sakkiz qismga bo‘lishgan bo‘lsa, keyinchalik butunligicha sotuvga chiqarishdi.
Uning yangi egasi mehmonxonani saqlab qolishi, daraxtlar va butalarning kesilishi bo‘yicha moratoriyga amal qilishi va IMPRO GmbH LTD oldidagi 573 568 yevro miqdoridagi qarzni yopishi kerak bo‘ladi.
«Piramida» bilan tanishib chiqish uchun ichkari va tashqari tomondan olingan panoramali suratlarni ko‘rish mumkin.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













