Rossiyadan Toshkentga yuborilgan 7 ta vagon-sisternadagi benzinni o‘g‘irlagan shaxslar ushlandi

Foto: IIV Transport va turizm ob’ektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti
Rossiyadan Toshkentga yuborilgan 7 vagon sisternadagi Ai-95 benzinini o‘g‘irlagan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda IIV Transport va turizm ob’ektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 30 yanvar kuni fuqarolar B.S, Sh.D. va D.I. boshqa shaxslar bilan jinoiy til biriktirib, Rossiyaning Orsk shahri neftni qayta ishlash zavodidan Toshkentdagi Carpe Diem Energy MCHJ xorijiy korxonasiga yuborilgan 7 ta sisterna vagonlarga yuklangan Ai-95 markali benzin o‘g‘irlagan.
Ular vagonlarning tepa qismidagi «lyuk»ka o‘rnatilgan tamg‘alarni kesgan va ularni ochib, o‘z boshqaruvlarida bo‘lgan neft mahsulotlarini tashishga mo‘ljallangan transport vositalariga yuklagan.
Mazkur holat yuzasidan B.S. va boshqalarga nisbatan Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Rossiyadan Toshkentga yuborilgan 7 vagon sisternadagi Ai-95 benzinini o‘g‘irlagan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda IIV Transport va turizm ob’ektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 30 yanvar kuni fuqarolar B.S, Sh.D. va D.I. boshqa shaxslar bilan jinoiy til biriktirib, Rossiyaning Orsk shahri neftni qayta ishlash zavodidan Toshkentdagi Carpe Diem Energy MCHJ xorijiy korxonasiga yuborilgan 7 ta sisterna vagonlarga yuklangan Ai-95 markali benzin o‘g‘irlagan.
Ular vagonlarning tepa qismidagi «lyuk»ka o‘rnatilgan tamg‘alarni kesgan va ularni ochib, o‘z boshqaruvlarida bo‘lgan neft mahsulotlarini tashishga mo‘ljallangan transport vositalariga yuklagan.
Mazkur holat yuzasidan B.S. va boshqalarga nisbatan Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













