Ota farzandi uchun ta’minot pulini avvaldan to‘lab qo‘ydi

Ota farzandi uchun ta’minot pulini avvaldan to‘lab qo‘ydi
Majburiy ijro byurosining Parkent tuman bulimi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Yuqorichirchik tumanlararo sudining sud buyrug‘iga asosan qarzdor D.Tulayevdan, undiruvchi M.(Tulayeva) Rizzayeva foydasiga voyaga yetmagan bir nafar farzandi uchun daromadining 4/1 qismi miqdorida aliment to‘lash bo‘yicha ijro hujjati mavjud edi.

Ijro harakatlari davomida qarzdor ota 1 nafar farzandining voyaga yetguniga qadar undirilishi lozim bo‘lgan 44.000.000 (qirq to‘rt million) so‘m aliment pullarini oldindan to‘lash taklifini bildirdi.

Undiruvchining roziligi asosida mazkur miqdordagi mablag‘ uning nomiga ochilgan maxsus plastik kartasiga o‘tkazib berildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.