Qoraqalpog‘iston YHXB boshlig‘i o‘z xodimlarini haqoratlab, urdi (video)

Qoraqalpog‘iston YHXB boshlig‘i o‘z xodimlarini haqoratlab, urdi (video)
Ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog‘istonda YPX xodimiga qo‘pol munosabatda bo‘lib, ularni haqorat qilgan yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi mas’ulining videosi tarqaldi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV videodagi holat yuzasidan ma’lumot berib, tasvirlar 2021 yilning fevraliga tegishli ekanini ma’lum qildi.

Videoda Qoraqalpog‘iston Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi kapitan B.Xo‘janov ma’muriy bayonnomalar kam tuzilgani uchun qo‘l ostidagi xodimlarni haqoratlab, urgani tasvirlangan.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, videotasvirdagi holat, 2021 yilning 14 fevral kuni sodir bo‘lgan. Bu bo‘yicha Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi kapitan B.Xo‘janovga nisbatan tegishli tartibda xizmat tekshiruvi tayinlangan.

«Vazirlikning tegishli sohaviy xizmatlari tomonidan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi yakuni bo‘yicha, kapitan B.Xo‘janov qo‘l ostidagi xodimlarga qo‘pol munosabatda bo‘lgani hamda xizmatda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun ‘lavozim maoshining 30 foizi miqdorida ushlab qolish’ qattiq intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan», — deyiladi munosabatda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.