DXX Samarqandda 12 kishini qo‘lga oldi

DXX Samarqandda 12 kishini qo‘lga oldi
Samarqandda terrorchilik tashkilotlarning g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlab kelgan 12 nafar fuqaro qo‘lga olindi.

Pastdarg‘om tumanida yashovchi fuqaro N.J. ijtimoiy tarmoqda 12 nafar mahalliy fuqarodan iborat virtual jamoat tuzgan hamda terroristik tashkilotlar g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan materiallarni muntazam ravishda jamoat a’zolari bir-biriga tarqatib, muhokama qilib kelgan.

Natijada, jamoat a’zolarining 8 nafari Suriya davlatiga borib xalqaro terrorchilik tashkiloti safiga qo‘shilishni rejalashtirgan.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.