Namanganda 5,4 ming dollarni noqonuniy sotishga uringan shaxslar ushlandi

Namanganda 5,4 ming dollarni noqonuniy sotishga uringan shaxslar ushlandi
Namangan shahrida noqonuniy valyuta savdosining oldi olindi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Ma’lum qilinishicha, departamentning Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda Z.A. va R.B. ismli shaxslar Namangan shahar hududida fuqaro Q.ga 5,4 ming dollarni 61,9 million so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Shuningdek, tekshiruv davomida ushbu shaxslarning yonida yana 20 dollar va 488,7 ming rubl borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177˗moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.