Qashqadaryoda iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarilayotgani aniqlandi

Qashqadaryoda iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarilayotgani aniqlandi
Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida noqonuniy moy ishlab chiqarish sexini tashkil etgan shaxs aniqlandi.

Viloyat IIB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 12 aprel kuni soat 14:00 larda viloyat IIB JQB va tumani IIB xodimlari hamkorlikda olib borilgan tezkor surishtiruvlar jarayonida fuqaro Q.F. inson salomatligi uchun xatarli bo‘lgan urug‘lik chigitni 3800-4000 so‘mdan sotib olib, iste’molga yaroqsiz yog‘ hamda yem mahsulotlarini ishlab chiqarayotgani aniqlangan.
Qashqadaryoda iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarilayotgani aniqlandi
Foto: Qashqadaryo viloyati IIB matbuot xizmati
Tekshiruv davomida fuqaro Q.F.dan 105 litr qora yog‘, 20 kilogramm miqdorida yem hamda 2500 kilogramm miqdorida urug‘lik chigitlar tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan va holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.