Jahongir Ortiqxo‘jayevning «tungi faoliyati» tekshiriladi

Jahongir Ortiqxo‘jayevning «tungi faoliyati» tekshiriladi
Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning tungi sayyor qabullaridan hatto uning o‘rinbosarlari ham norozi ekani aytilmoqda.

«Daryo»ga shikoyat qilgan manbaga ko‘ra, bu vaqtda ishga jalb qilinganlarga qo‘shimcha haq ham to‘lanmayapti. Hokimlikning o‘zi ham «bu qabullarda ishtirok etayotgan xodimlarni qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish hozircha ko‘zda tutilmagani»ni tan olgan.

Mehnat vazirligining holatga munosabat bildirishicha, Toshkent shahar Davlat mehnat inspeksiyasi ushbu holatni o‘z nazoratiga olgan, o‘rganish natijalari haqida qo‘shimcha axborot beriladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.