Surxondaryoda budda tasviri tushirilgan terrakota haykalchasi topildi

Surxondaryoda budda tasviri tushirilgan terrakota haykalchasi topildi
Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati
Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanidan topilgan budda tasviri tushirilgan terrakota haykali Termiz davlat muzey-qo‘riqxonasiga topshirilmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Surxondaryo vohasi, xususan, Termiz shahri milodiy I—III asrlarda buddizm markazi sifatida tanilgan. Xitoy tarixiy manbalari ham bunga guvohlik beradi. Eski Termiz hududidagi buddaviylik ibodatxonalari va undan topilgan budda haykallari bunga isbot bo‘la oladi.

Surxondaryo viloyati turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, xuddi shunday budda tasviri tushirilgan terrakota haykali viloyatning Sariosiyo tumanidan ham topilgan. Ushbu terrakota haykalida buddaning o‘tirgan holati tasvirlangan.

Tumanning «Shahriobod» mahallasi «Hurvatan» qishlog‘ida yashovchi fuqaro tomonidan topilgan haykalcha Termiz davlat muzey-qo‘riqxonasiga topshirilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.