Amerikalik aktrisa Zendaya «Emmi» mukofotiga nomzodlar orasida rekord o‘rnatdi

Amerikalik aktrisa Zendaya «Emmi» mukofotiga nomzodlar orasida rekord o‘rnatdi
Foto: People Talk
Amerikalik aktrisa Zendaya «Emmi» mukofotiga nomzodlar orasida yangi rekord o‘rnatdi, deb yozadi «Korrespondent.net».

«Eyforiya» serialining yulduzi 74-«Emmi» mukofotining ikki karra eng yosh nomzodiga aylandi.

Zendaya 2020 yilda dramatik serial kategoriyasi bo‘yicha «Eng yaxshi ayol aktrisa» nominatsiyasida g‘olib deb topildi va bu uni eng yosh «Emmi» sovrindoriga aylantirdi. Bu yil u«Eyforiya»dagi giyohvand qiz Ru roli uchun mukofot nominatsiyalaridan birida yana g‘oliblik uchun kurashadi.

Bundan tashqari, aktrisa yaqinda Time jurnali ma’lumotlariga ko‘ra, eng nufuzli kishilar yuztaligiga kirgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.