Samarqandda «Ijodimizni birlashtirgan Samarqand ruhi» nomli xalqaro ko‘rgazma ochildi

Samarqandda «Ijodimizni birlashtirgan Samarqand ruhi» nomli xalqaro ko‘rgazma ochildi
Samarqanddagi «Chorsu» galereyasida SHHTning navbatdagi sammiti doirasida «Ijodimizni birlashtirgan Samarqand ruhi» nomli xalqaro ko‘rgazmaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Bosh vaziri o‘rinbosari – Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduxakimov ochib berdi.
Samarqandda «Ijodimizni birlashtirgan Samarqand ruhi» nomli xalqaro ko‘rgazma ochildi
«Plenerga tashrif buyurgan va o‘zlarining ajoyib asarlarini yaratgan barcha rassom ijodkorlarga minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan tadbirlar Samarqand ruhiyatini mujassamlashtirishga qaratilgan.

Samarqand shahri uch ming yillik tarixga ega. Ishonamanki, bugungi tadbirda ishtirok etayotgan ijodkorlarimiz ham o‘z asarlari bilan tarixda qoladilar
», – dedi Aziz Abduhakimov ko‘rgazma ochilishidagi nutqida.
Samarqandda «Ijodimizni birlashtirgan Samarqand ruhi» nomli xalqaro ko‘rgazma ochildi
Ushbu ko‘rgazma doirasida yaratilgan ijod namunalari Samarqand shahrida o‘tkaziladigan SHHTga a’zo davlatlarning navbatdagi sammitida yuqori martabali mehmonlarga namoyish etilishi rejalashtirilgan.
Samarqandda «Ijodimizni birlashtirgan Samarqand ruhi» nomli xalqaro ko‘rgazma ochildi
Ko‘rgazmaning ochilish marosimida ijodkorlarga sertifikatlar topshirildi va qalam haqi taqdim etildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.