Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Ravshan Namozov vafot etdi

Oʻzbekistonda xizmat  koʻrsatgan artist Ravshan Namozov vafot etdi
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, xonanda, bastakor Ravshan Namozov (1961-2022) uzoq vaqt davom etgan kasallikdan soʻng vafot etdi. Bu haqda shoir Bobur Bobomurod ma'lum qildi.

Ravshan Namozov 1961 yil 10 iyulda Termiz shahrida tugʻilgan. Xonandalik faoliyatini 1989 yilda tashkil etilgan «Qars» guruhi tarkibida boshlagan. Qator xalqaro koʻrik-tanlovlar gʻolibi. «Chipradalli», «Kovushim», «Yor-yor yoron-ey», «Biyo-biyo», «Xayol», «Mana shunaqa» kabi qoʻshiqlari bilan xalq e'tiboriga tushgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.