Birinchi xonimlar “O‘zbekiston ranglari" rasmlar ko‘rgazmasini tomosha qilishdi

Samarqandda Ozarbayjonning birinchi xonimi Mehribon Aliyeva, Turkiyaning birinchi xonimi Emine Erdo‘g‘on va Vengriya Bosh vaziri rafiqasi Aniko Levay O‘zbekistonning birinchi xonimi Ziroatxon Mirziyoyeva bilan uchrashishdi.
Birinchi xonimlar “O‘zbekiston ranglari" rasmlar ko‘rgazmasini tomosha qilishdi
Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida ishtirok etuvchi davlatlarning birinchi xonimlari uchun “O‘zbekiston ranglari” ko‘rgazmasi.
© Saida Mirziyoyevaning shaxsiy arxividan

Uchrashuv davomida birinchi xonimlar \"O‘zbekiston ranglari\" ko‘rgazmasi va Samarqand musiqali dramma teatri “Lazgi – muhabbat va qalb raqsi” spektaklini tomosha qilishdi.
\"O‘zbekiston ranglari\" ko‘rgazmasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat san’at muzeyi kolleksiyasidagi mashhur asarlar joy olgan.
Birinchi xonimlar “O‘zbekiston ranglari" rasmlar ko‘rgazmasini tomosha qilishdi
Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida ishtirok etuvchi davlatlarning birinchi xonimlari uchun “O‘zbekiston ranglari” ko‘rgazmasi.
© Saida Mirziyoyevaning shaxsiy arxividan

Kecha biz Samarqand sammitining muhtaram mehmonlari — Emine Erdog‘an, Mehribon Aliyeva va Aniko Levayni xursandchilik bilan kutib oldik. Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlarning birinchi xonimlari uchun maxsus \"O‘zbekiston ranglari\" ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ekspozitsiya mehmonlarda katta taassurot qoldirdi va hayratlantirdi”, deya yozadi Saida Mirziyoyeva.

Ko‘rgazmada birinchi xonimlarga \"Avant-Garde Orientlists\" kitoblari sovg‘a qilindi. Birinchi xonimlar uchun ekskursiyani Savitsiy nomidagi Nukus sa’at muzeyi direktori Moskvadagi \"Sharq muzeyi\" yetakchi mutaxassisi Tigran Mkrtichev o‘tkazdi.
Birinchi xonimlar “O‘zbekiston ranglari" rasmlar ko‘rgazmasini tomosha qilishdi
Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida ishtirok etuvchi davlatlarning birinchi xonimlari uchun “O‘zbekiston ranglari” ko‘rgazmasi.
© Saida Mirziyoyevaning shaxsiy arxividan

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi va Scala Publishers hamda Assouline Publishing nashriyotiga qarashli “Avant-Garde Orientlists\" va \"Russian Avant-garde tomonidan chop etilgan risolalarining taqdimoti Rus impressionizmi muzeyida ham bo‘lib o‘tgandi.
Birinchi xonimlar “O‘zbekiston ranglari" rasmlar ko‘rgazmasini tomosha qilishdi
O‘zbekiston ranglari ko‘rgazmasi
© Turkiya Prezidentining matbuot xizmati

Mazkur kitoblarda I.V. Savitskiy nomidagi Nukus Davlat san’at muzeyi sara to‘plamlarining eng yorqin eksponatlari aks etgan.
Birinchi xonimlar “O‘zbekiston ranglari" rasmlar ko‘rgazmasini tomosha qilishdi
Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida ishtirok etuvchi davlatlarning birinchi xonimlari uchun “O‘zbekiston ranglari” ko‘rgazmasi.
© Saida Mirziyoyevaning shaxsiy arxividan
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.