Sardor Rahimxon rafiqasiga o‘zining qaysi odati yoqmasligini aytdi

Sardor Rahimxon rafiqasiga o‘zining qaysi odati yoqmasligini aytdi
Sardor Rahimxon rafiqasiga o‘zining qaysi odati yoqmasligini aytdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxon ijodi va shaxsiy hayotiga oid ko‘plab savollarga javob berdi.

“Tasvir” gazetasiga bergan intervyusida xonanda rafiqasi o‘zidagi qaysi odatni yoqtirmasligi haqida gapirdi, deyiladi \"Darakchi\" nashrida.

“Juda ta’sirchanligim, hammani do‘st deb bilishim, yaqin olib yuborish odatim yoqmaydi. ‘Sizdan, oqko‘ngil ekanligingizdan hamma foydalanadi, sal qattiqqo‘lroq bo‘lishingiz kerak. Siz ham sal o‘zingizni o‘ylashingiz kerak, nuqul o‘zingizni o‘ylamay, hammani o‘ylayverasiz’, deydi. Bu odat menga otamdan o‘tgan, bu narsani yo‘q qilib bo‘lmaydi. Ma’qul kelgan fazilatlarimga kelsak, hamma fazilatlarim yoqsa kerakki, menga turmushga chiqib, baxtli yashab kelyapmiz”,—deydi xonanda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.