FutbolTV shou-biznes kanaliga aylantirildi

FutbolTV shou-biznes kanaliga aylantirildi
FutbolTV telekanali rebrending qilindi va endi u FTV deb nomlanadi.

1 dekabrdan boshlab ushbu telekanalda o‘zbek, rus, turk va jahon estradasi yulduzlari ishtirokidagi top kliplar, sport, kino, ko‘ngil-ochar ko‘rsatuvlar, qaynoq xit parad va premeralar namoyish etiladi, deb xabar berildi telekanalning telegram sahifasi.

Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda FutbolTV birorta futbol musobaqasi translyatsiya huquqini sotib ololmadi. Shu paytgacha faqat o‘tgan mavsum o‘yinlari namoyish etib kelinayotgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.