Shohruhxon va Asalning to‘yi sanasi aniq bo‘ldi


Xonanda Shohruhxon va Asal Shodieva o‘rtasidagi munosabatlar mana ikki yildirki og‘izdan-og‘izga o‘tib kelmoqda. O‘tgan yili Shohruhxon va Asalning turmush qurishi aniq bo‘lib, “30 may kuni to‘y bo‘larmish”, degan gaplar tarqatilgandi. Biroq to‘y bo‘lmadi.
“Qalampir.uz”ning ishonchli manbalaridan biri ma’lum qilishicha, 5 iyun kuni xonanda Shohruhxon va aktrisa Asal Shodieva oila qurishadi. To‘y oqshomi poytaxtdagi “Versal” restoranida bo‘lib o‘tadi.
To‘y taklifnomalari allaqachon tayyor, biroq to‘yga mehmonlarni taklif qilish ishlari boshlanganicha yo‘q. Oldinda Shohruhxonni katta imtihon kutmoqda. Xonanda 24-25-26 may kunlari “Istiqlol” san’at saroyida “Yulduzlar” nomli yakkaxon konsert dasturini taqdim etadi.
Ma’lumot uchun, xonanda Shohruhxon 1985 yil 29 mayda tavallud topgan. Aktrisa Asal Shodieva esa 1992 yil 6 aprelda tug‘ilgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













