O‘zbek shou-biznesidagi an’anasiga sodiq mashhurlar (foto)

O‘zbek shou-biznesidagi an’anasiga sodiq mashhurlar (foto)
Ba’zi insonlarning tark etmas odatlari yoki o‘zlariga xos an’analari bor. O‘zbekistonlik mashhurlar ham bundan mustasno emas. Keling, ularning ayrimlari bilan tanishamiz.
O‘zbek shou-biznesidagi an’anasiga sodiq mashhurlar (foto)
Foto: / Instagram @sheralijuraevofficial
O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev 46 yildan buyon katta sahnaga va omma oldida milliy bosh kiyimi — do‘ppisiz ko‘rinish bermaydi.
O‘zbek shou-biznesidagi an’anasiga sodiq mashhurlar (foto)
Foto: Instagram / @rashidkhalikov
17 yoshida ijodini boshlagan Rashid Xoliqov shu kungacha biror marta yakkaxon konsert bermagan. Ijodkor yakkaxon konsert berishdan ko‘ra, yaxshi kliplar olishni ma’qul ko‘radi.
O‘zbek shou-biznesidagi an’anasiga sodiq mashhurlar (foto)
Foto: Instagram / @shahzodasinger
24 yil avval ijodini boshlagan Shahzoda shu kungacha biror marta soch rangini o‘zgartirmagan. U tim qora rangdagi soch ayolni yosh ko‘rsatadi, deb hisoblaydi.
O‘zbek shou-biznesidagi an’anasiga sodiq mashhurlar (foto)
Foto: Instagram / @nargiza_azimova_officall
Qizil ro‘mollik xonanda Nargiza Azimova 23 yildan buyon imijiga sodiq. Shu yillar davomida u biror marta ro‘molsiz va qizil ko‘ylaksiz omma e’tiborida ko‘rinmagan. Buning sababi u Surxondaryodan Toshkentga kelayotganida ota-onasiga o‘zgarmaslik haqida va’da bergan. O‘shanda uning egnida qizil ko‘ylak va shu rangdagi ro‘mol bo‘lgan.
O‘zbek shou-biznesidagi an’anasiga sodiq mashhurlar (foto)
Foto: Instagram / @farruh_komilov
Ravshan Komilov va uning oila a’zolari 72 raqamiga sodiq. Bu an’ana taxminan 26 yildan buyon davom etadi. Uning telefoni va mashina davlat raqamida 72 sonini uchratish mumkin.
O‘zbek shou-biznesidagi an’anasiga sodiq mashhurlar (foto)
Foto: Instagram / @durdona_kurbonova
Durdona Qurbonova otasining talabi sabab biror marta qalin qoshlaridan voz kechmagan. Yosh aktrisa har qanday obrazni tabiiy qoshlar yordamida yaratish mumkinligiga ishonadi.
O‘zbek shou-biznesidagi an’anasiga sodiq mashhurlar (foto)
Foto: Instagram / @sitorafarmonovaofficial
Aktrisa Sitora Farmonova o‘zi suratga tushgan filmlarga ovoz berishni istamaydi. Bu uning tark etmas odatlaridan biriga aylangan.
O‘zbek shou-biznesidagi an’anasiga sodiq mashhurlar (foto)
Foto: Instagram / @mohiranurmatova
Aktrisa Mohira Nurmatova shu kungacha o‘zi suratga tushmagan o‘zbek filmlarining dublyaj jarayonida ishtirok etmagan.

«Umuman o‘zbek aktrisalariga ovoz bermayman. Ovozimni hamma taniydi, nega tomoshabin bitta rolda ikkita aktrisani tasavvur qilishi kerak? O‘zbek tilini bilmaydigan yoki shevada gapiradiganlarga ovoz berish mumkin, qolgan aktrisalar esa o‘z-o‘ziga ovoz berishi kerak. \'Ovozim o‘zimga tushmaydi\', degan bahonani kim o‘ylab topgan, hayronman. Undaylar qanday qilib o‘qishga kirgan, nega teatrda rol ijro etib yuribdi?! Balki spektaklga kelib ham boshqalar ovoz berishi kerakdir. Xullas, men hech qaysi o‘zbek aktrisasiga ovoz bermayman», — deydi Mohira Nurmatova.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.