Rayhonning Instagram`dagi surati muxlislar tanqidiga uchradi (Foto)

Rayhonning Instagram`dagi surati muxlislar tanqidiga uchradi (Foto)
Rayhonning Instagram`dagi surati muxlislar tanqidiga uchradi (Foto)

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon o‘zining Instagram`dagi sahifasiga joylashtirgan navbatdagi surati internet foydalanuvchilari tomonidan keng muhokama qilinmoqda. Mazkur suratni deb hatto xonandaning muxlislari bir-birlari bilan urishib ketishdi, deb yozmoqda \"Darakchi\" nashri.

Suratga Rayhon sport mashg‘ulotlari paytida tushgani ko‘rinib turibdi. Uning egnidagi qora rangli engsiz futbolka aksariyat internet foydalanuvchilarga o‘ta “ochiq-sochiq” tuyuldi.
Rayhonning Instagram`dagi surati muxlislar tanqidiga uchradi (Foto)

“Ustingizga narsa tashlab oling”, “Judayam ‘ochilib’ ketibsiz” qabilidagi izohlarni xonanda javobsiz qoldirdi.

Rayhonning ashaddiy muxlislari esa bunday salbiy fikrlardan sevimli xonandasini himoya qilish bilan ovora. Fikrlar qarama-qarshiligi internet foydalanuvchilarini ikki guruhga ajratib yubordi. Kimdir xonandaning kiyimini tanqid qilsa, yana bir guruh foydalanuvchilar uning kiyimida tanqidlarga sabab bo‘ladigan jihatlarni ko‘rmayotganini bildirgan.
Rayhonning Instagram`dagi surati muxlislar tanqidiga uchradi (Foto)
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.