Rayhon xola, Nasiba esa ona bo‘ldi!

Rayhon xola, Nasiba esa ona bo‘ldi!
Rayhon xola, Nasiba esa ona bo‘ldi!

Bugun O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘anievaning xonadonida baxtli hodisa yuz berdi. Uning singlisi Nasiba qiz farzandli bo‘ldi. Chaqaloqqa Latifa deb ism qo‘yishdi, deb yozmoqda \"Darakchi\" nashri.

Rayhon va Nasiba bu baxtli hodisa haqida Instagramdagi sahifalarida xabar qoldirishdi. Rayhon singlisini tabriklab, unga quyidagi tilaklarni yo‘lladi:
Rayhon xola, Nasiba esa ona bo‘ldi!

“Meni jonim, seni chin qalbdan tabriklayman. Sen ona bo‘lding. Ollohim senga va bizning kichkina malikamizga sog‘lik va baxt ato etsin. Seni juda yaxshi ko‘raman!”

Fursatdan foydalanib, tahririyatimiz nomidan opa-singillarni bu baxtli sana bilan muborakbod etib qolamiz!
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.