Yigitali Mamajonov o‘g‘illarini bayram bilan tabrikladi


Aktyor Yigitali Mamajonov farzandlari Islom va Imronni 1 iyun—Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan tabrikladi, deb yozmoqda \"Darakchi\" nashri.
“Bolajonlarimizni bayrami bilan chin dildan tabriklayman. Kichkintoylarimiz doimo sog‘-salomat, imonli-e’tiqodli, yuzlari yorug‘, ibratli farzand bo‘lishini Ollohdan so‘rab qolaman. Kelajakda farzandlarni baxt-u kamolini ko‘rish barcha Ota-Onalarga nasib qilsin”,—deb yozdi aktyor farzandlarini tabriklab.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yigitali Mamajonov va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘anievaning nikohi rasman bekor qilingani ma’lum bo‘lgan edi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













