Dunyodagi eng boy aktrisa nomi e’lon qilindi

Dunyodagi eng boy aktrisa nomi e’lon qilindi
Dunyodagi eng boy aktrisa nomi e’lon qilindi
Foto: “Yandeks.ru”
Forbes jurnali “Yovvoyi ayol” va “Qonundagi mallasoch” filmlaridagi roli orqali tanilgan Riz Uizerspunni dunyodagi eng boy aktrisa deb topdi.
 
Ayni paytda aktrisaning umumiy boyligi 440 million dollarga baholanmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, u 2021 yilda o‘z kompaniyasining aksiyalarini sotgan. Shuningdek, “Tonggi shou” serialining 10 ta qismi uchun aktrisa 20 million dollar gonorar olgan. 2022 yilda boyligi 270 million dollarga baholangan Dueyn Jonson dunyodagi eng boy aktyor deb topilgan edi.
Dunyodagi eng boy aktrisa nomi e’lon qilindi
Foto: “Yandeks.ru”
Ma’lumot o‘rnida, Riz Uizerspun 1976 yilning 22 mart sanasida AQSHda tug‘ilgan. U kinodagi faoliyati davomida “Oydagi odam”, “Sumerki”, “Do‘stlar”, “Qonundagi mallasoch” filmlarida suratga tushgan. Aktrisa mart oyining oxirida turmush o‘rtog‘i Jim Tot bilan ajrashdi. Juftlik 2011 yilda turmush qurgan edi. Riz va Jim Tennessi shtatida o‘g‘lini tarbiyalayotgan edi. Aktrisaning aktyor Rayan Filipp bilan turmushidan ikki nafar farzandi ham bor.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.